Hindiston Harbiy-havo kuchlarining havo imkoniyatlarini namoyish etish bo‘yicha aviashou yuqori harorat va ko‘p olomon tufayli fojia bilan yakunlandi. Mahalliy hukumatlar kasalxonaga yotqizish va o‘lim holatlarining ko‘p bo‘lishiga asosiy sabab sifatida suv yetishmasligi bilan bog‘lashmoqda. Bu haqda ANI xabar berdi.
Yakshanba kuni Tamil Nadu shtatining Chennai shahridagi Marina-Bich plyajida 15 000 ga yaqin odam Hindiston havo kuchlarining 92 yilligiga bag‘ishlangan aviashou guvohi bo‘lish uchun yig‘ildi. Soat 11.00 da boshlangan havo shousi 13.00 gacha davom etdi.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, odamlarning bo‘g‘ilib qolish va hushini yo‘qotishiga ko‘p olomon va tashkilotchilikning yo‘qligi sabab bo‘lgan.
“Haddan tashqari issiqlik va odamlarning ko‘pligi tufayli 10 kishi havo yetishmasligidan hushidan ketgan. Ularga davlat muassasasida yordam berildi”, – dedi polisiya vakili.
Tadbir davomida jami 230 kishi hushidan ketgan. Shuningdek, 5 tomoshabin halok bo‘lgani, 100 ga yaqin odam shifoxonaga yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.