Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Hindistonda vaksinalar tashlab yuborilmoqda

A A A
Hindistonda vaksinalar tashlab yuborilmoqda

         Hindiston shifokorlari vaksinalarning 6,5% dozasini tashlab yuborishmoqda. Bunga sabab mamlakat aholisining vaksina olishdan bosh tortishi bo‘lmoqda. Mamlakat sog‘liqni saqlash mutasaddilari “qimmatbaho eliksir”dan foydalanishni optimallashtirish choralarini ko‘rishga chaqirdi.

         Telingana, Andra-Pradesh, Uttar-Pradesh, Karnataka, Jammu va Kashmirda yo‘qotishlapr soni mamlakatning o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori. Shunga qaramay, Telingana shahrida 17,6%, Andra-Pradeshda 11,6% vaksina tashlab yuborildi.

         Shifokorlarning ta’kidlashicha, vaksina qadog‘i ochilganidan so‘ng 4 soatgacha foydalanishga yaroqli hisoblanadi.  Mahalliy aholini emlash uchun ko‘ndirish mushkul kechmoqda, ko‘plab fuqarolar vaksina qabul qilishdan bosh tortishmoqda. Natijada qadog‘i ochilgan vaksinalar qoldig‘ini tashlab yuborishga majbur bo‘lishmoqda.

Kiritildi: 20:19 18.03.2021. O'qildi: 4981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik