Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Hindistonda “oniy taloq” huquqbuzarlik deb topildi

Hindistonda “oniy taloq” huquqbuzarlik deb topildi

Hindiston hukumati “oniy taloq” (“uch martalab taloq”)ni huquqbuzarlik deya e’tirof etdi. Bu haqda Times of India nashri Hindiston Adliya vaziri Shankar Prasadga tayangan holda xabar bermoqda. 

Hindiston Oliy sudi o‘tgan yilning avgustida musulmonlarning uch marta “taloq” so‘zi ishlatilgan holda ajrashishini mamlakat Konstitusiyasining 14-moddasida ko‘zda tutilgan fuqarolar teng huquqliligiga zid deb topgan edi. Vazirning aytishicha, shunga qaramay, “oniy taloq” berish to‘xtamagan.

Nashrning qayd etishicha, hukumat qarori mazkur masalani parlament orqali hal qilishga urinish ish bermagach qabul qilindi. Parlamentning quyi palatasi “oniy taloq” uchun jinoiy javobgarlikni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini qishdayoq qabul qilgan, biroq uni yuqori palata ma’qullamadi. 

Manba: azon.uz

Kiritildi: 04:45 20.09.2018. O'qildi: 1039 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!