Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Hindistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni uch milliondan oshdi

Hindistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni uch milliondan oshdi

Hindistonda koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni uch milliondan oshdi. O‘tgan kun davomida mamlakatda rekord darajadagi yangi holatlar qayd etildi.

Hindiston aholisining 1,3 milliarddan oshiqligi hisobga olinsa ham, ekspertlarning fikriga ko‘ra, bunday holatlar soni juda yuqori bo‘lib ko‘rinmoqda.

Bir sutkada Hindistonda 69 239 kishida virus qayd etildi.

Shu bilan birga, 2,2 millionga yaqin odam davolandi, 56 706 bemor COVID-19dan vafot yetdi.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakatda keng tarqalgan tahlil tizimi yaratilmagani bilan izohlanadi.

Dehli va boshqa yirik shaharlarda statistika pasayib borar ekan, mamlakatning chekka hududlarida yangi o‘choqlar paydo bo‘lmoqda.

Hindiston koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh (5,6 milliondan ortiq) va Braziliyadan (3,5 milliondan ortiq) keyin uchinchi o‘rinda turadi.

Kiritildi: 09:19 24.08.2020. O'qildi: 1835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!