Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida ikki kishini o‘ldirgan deb taxmin qilingan yo‘lbarsni qidirish ishlari olib borilmoqda.
The Times of India nashri xabar berishicha, 14 iyun kuni yo‘lbars Ramnagar qishlog‘i yaqinida shakarqamish yig‘ib olayotgan 60 yoshli fermerga hujum qilgan.
Ertasi kuni qo‘shni qishloqdan 50 yoshli ayolga hujum qilingan. Keyinchalik mahalliy aholi uning qoldiqlarini topdi.
O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, ikkala hujum ham bir xil yo‘lbars tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin, chunki voqea joylari bir-biridan taxminan 2,5 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Hayvonni qo‘lga olish uchun hududda o‘lja qafaslari va kamera tuzoqlari o‘rnatilgan va hududni kuzatish uchun dronlardan ham foydalanilmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi ikki oy ichida bu hududda olti kishi halok bo‘lgan.