Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Hindistonda fohishalik rasman kasb deb e’lon qilindi

Hindistonda fohishalik rasman kasb deb e’lon qilindi

Hindiston Oliy sudi fohishalikni kasb deb e’lon qildi va fohishalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaror qildi, deb xabar bermoqda The Asian Age. Sudyalar hay’ati Konstitusiyaga ko‘ra, fohishalar ham boshqa odamlar kabi yashash va qadr-qimmatga ega bo‘lish huquqiga ega, deb qaror qildi.

Sudyalarning ta’kidlashicha, jinsiy aloqa bilan shug‘ullanuvchilar ijtimoiy stigmaning og‘irligiga duchor bo‘lishadi, jamiyat tomonidan nafratlanadilar, shuningdek, polisiya zo‘ravonligiga duch kelishadi.

Ular polisiya xodimlariga fohishalarning huquqlarini yodda tutish, ularni ma’naviy va jismoniy zo‘ravonlikka duchor qilmaslik, har qanday jinsiy faoliyatga majburlamaslikni buyurdi. Sudyalar, agar kattalar roziligi bilan jinsiy aloqada bo‘lsa, polisiya jinoiy ish ochmasligi kerakligiga e’tibor qaratdi.

Bundan tashqari, polisiya ularning jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik haqidagi shikoyatlarini e’tiborsiz qoldirmasligi kerak. Jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan har qanday fohisha darhol tibbiy yordam olishi kerak, dedi sud.

Shu bilan birga, hay’at bolalarni onasidan faqat fohishalik bilan shug‘ullangani uchun hech kim ajrata olmasligini ta’kidladi. Bu qoida voyaga yetmagan shaxs fohishaxonada yashasa ham, lekin ularning faoliyatida ishtirok etmasa ham amal qiladi.

Sud qaroriga ko‘ra, hibsga olish, reydlar va qutqaruvlar paytida ommaviy axborot vositalari qurbonlar yoki ayblanayotgan fohishalarning shaxsini oshkor qilmasligi kerak. Media Kengashi televizion kanallarda jinsiy aloqa bilan shug‘ullanuvchilarning shaxsini oshkor etuvchi fotosuratlarni ko‘rsatishni taqiqlashi kerak.

Hindistonda fohishalik qonuniy hisoblanadi.

Kiritildi: 11:20 28.05.2022. O'qildi: 14557 marta. Fikrlar soni: 30 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!