Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Hindistonda dunyodagi eng yirik parlament saylovlari boshlandi

Hindistonda dunyodagi eng yirik parlament saylovlari boshlandi

Parlament quyi palatasiga saylovlar 19 apreldan 1 iyunga qadar bo‘lib o‘tadi va ovozlarni sanab chiqish 4 iyunda yakunlanadi. Ovoz berish jarayoni Hindistonning barcha 28 shtati va sakkizda ittifoq hududida bo‘lib o‘tadi. Hammasi bo‘lib milliondan ortiq saylov uchastkalari faoliyat yuritadi.

Parlament quyi palatasining amaldagi tarkibining vakolat muddati 16 iyunda tugaydi va palataning yangi tarkibi shu sanagacha shakllantirilishi kerak. Oxirgi marta Hindiston parlamentining quyi palatasiga saylovlar 2019 yilda bo‘lib o‘tgan. O‘sha saylovlar natijasida hukmron “Bharatiya Janata” partiyasi ketma-ket ikkinchi marta g‘alaba qozongan va uning rahbari Narendra Modi yana mamlakat bosh vaziri lavozimini egalladi.

Bu saylovning muhim xususiyati shundaki, Narendra Modi ketma-ket uchinchi muddatga Hindiston bosh vaziri bo‘lishga intilmoqda. U “Yangi saylovlarda hukmron partiya 370 o‘rinni, u yetakchilik qilayotgan ittifoq esa 400 dan ortiq o‘rinni qo‘lga kiritishi kerak”, deb hisoblaydi.

Mutaxassislar, o‘z navbatida, parlamentdagi muxolifat o‘rinlari sonining ko‘payishini prognoz qilmoqda, ammo u mamlakat hukumatini shakllantira oladigan darajada katta emas.

Kiritildi: 15:41 19.04.2024. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!