Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Hindistonda besh kishini o‘ldirgan bin Lodin laqabli fil ushlandi

Hindistonda besh kishini o‘ldirgan bin Lodin laqabli fil ushlandi

Hindistonning Assam shtatida besh kishini o‘ldirgan fil ushlandi, deb xabar qildi RIA Novosti NDTV telekanaliga asosan.

Oktyabr oyida fil qishloqda besh kishini o‘ldirdi. Bir oy davomida qishloq aholisi uydan chiqishga qo‘rqishgan.

Filni ushlash operasiyasi dushanba kuni amalga oshirildi. Endi ushlangan fil tabiat qo‘riqxonasiga topshiriladi.

NDTV kanalining xabar berishicha, 2006 yilda "Al-Qoida" terrorchilik faoliyati kuchayishi munosabati bilan bin Lodin laqabini darg‘azab fillarga berish amaliyoti boshlandi.

Xususan, xuddi shu laqabli bitta fil o‘nlab odamlar umriga zomin bo‘lgandi, bu fil otib o‘ldirildi.

Statistikaga ko‘ra, so‘nggi besh yil ichida Hindistonda fillar hujumlaridan ikki mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi. 2011 yildan beri fillar o‘limi soni 700 ga yetdi.

Kiritildi: 07:02 13.11.2019. O'qildi: 1456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!