Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Hindiston va Yevropa Ittifoqi erkin savdo bo‘yicha bitim imzoladi — The Insider

Hindiston va Yevropa Ittifoqi erkin savdo bo‘yicha bitim imzoladi — The Insider

Bu haqda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ma’lum qildi.

"Men mamlakatimizdagi to‘qimachilik, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish, charm va poyabzal sanoati kabi sohalarda faoliyat yuritayotganlarni tabriklayman. Ushbu kelishuv mazkur tarmoqlarga katta yordam beradi", — dedi Modi.

Evropa Ittifoqi vakillarining ta’kidlashicha, bu bitim bozorlarni "ochadi", to‘siqlarni bartaraf etadi hamda yashil texnologiyalar, farmasevtika va yarimo‘tkazgichlar sohasidagi muhim ta’minot zanjirlarini mustahkamlaydi.

The Insider'nino eslatib o‘tishicha, avgust oyida Donald Tramp Hindiston mahsulotlariga 50 foizlik boj joriy qilgan edi. Shundan so‘ng Nyu-Dehli o‘z eksporti uchun muqobil bozorlar izlay boshladi. Shu davr ichida Hindiston Buyuk Britaniya, Ummon va Yangi Zelandiya bilan savdo kelishuvlariga erishdi.

Kiritildi: Bugun 15:20. O'qildi: 317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!