Hindistonlik fermerlar Yaqin Sharqdagi mojaro o‘g‘it yetishmovchiligiga olib kelishidan xavotirda. Mamlakat o‘g‘it iste’mol qilish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi va 2025 yilga kelib yiliga 60 million tonnadan ortiq o‘g‘it ishlatmoqda. Ushbu mahsulotlarning katta qismi Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan keladi va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali yetkazib beriladi.
Chorshanba kuni hukumat fermerlarni himoya qilish maqsadida subsidiyalarni 465 million dollarga oshirishini e’lon qilgandi.
O‘g‘it ta’minotidagi uzilishlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, bug‘doy, sholi va paxta yetishtirish tannarxining oshishiga olib kelishi mumkin. Bu oziq-ovqat inflyasiyasi va agrar sektor barqarorligi uchun xavf tug‘diradi.