Yaqin Sharq inqirozi sharoitida Hindiston Eron neftini sotib olishni qayta boshladi.
Bu haqda Hindiston neft va tabiiy gaz vazirligi e’lon qildi.
AQSh sanksiyalari tufayli Tehrondan Hindistonga yuk tashish 2019 yilda to‘xtatilgan edi. Reuters agentligining xabar berishicha, o‘shandan beri Hindiston Eron neftini import qilmagan.
Vazirlik kelishuv to‘lovlar bilan bog‘liq muammolarsiz yakunlanganini ta’kidladi.
"Yaqin Sharqdagi ta’minot uzilishlari sharoitida Hindiston neftni qayta ishlash zavodlari, jumladan, Erondan ham kerakli miqdordagi xom neftni ta’minladi. <…> Mish-mishlarga zid ravishda, Eron nefti importi uchun to‘lovlarni amalga oshirishda hech qanday to‘siqlar yuzaga kelmadi", deyiladi bayonotda.