Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Hindiston dehqonlari poytaxtga yurish qilmoqda

A A A
Hindiston dehqonlari poytaxtga yurish qilmoqda

Norozilik bildirgan hind fermerlari vakillari Nyu-Dehliga yurishlarini davom ettirishlarini aytishdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Kecha, 19 fevral kuni kechqurun ular qishloq xo‘jaligining ayrim mahsulotlarini davlat tomonidan xarid qilish uchun kafolatlangan narxlarni joriy etish bo‘yicha hukumat taklif qilgan rejasini rad etishdi. Ular bu variant «ularning manfaatlariga mos kelmasligini» ta’kidladilar.

Fermerlar g‘alla, makkajo‘xori, paxta, loviya xarid qilish uchun kafolatlangan narxlar joriy etilishini talab qilmoqda. Bunday norozilik namoyishlari Hindistonda birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q: fermerlar 2020 va 2021 yillarda ham norozilik bildirishgan. Hozirgi norozilik namoyishlari 12 fevralda boshlangan.

Kiritildi: 21:27 20.02.2024. O'qildi: 1697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik