Ozarbayjon xalqining Umummilliy lideri, zamonaviy mustaqil Ozarbayjon davlati asoschisi Haydar Aliyev tavalludining 103 yilligi nishonlandi.
Haydar Aliyev 1923 yil 10 may kuni Naxchivonda tug‘ilgan. U turli yillarda Ozarbayjon SSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi rahbari, Ozarbayjon Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasining birinchi kotibi, SSSR Vazirlar Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari kabi yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan.
1993 yilda xalq talabi bilan hokimiyatga qaytgan Haydar Aliyev Ozarbayjon Respublikasi prezidenti etib saylangan va mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, davlatchilikni rivojlantirish hamda siyosiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynagan.
U 2003 yil 12 dekabr kuni AQShning Klivlend klinikasida vafot etgan va Boku shahridagi Faxriy xiyobonga dafn etilgan.
Haydar Aliyev turli davlat mukofotlari, jumladan Lenin ordeni va Sosialistik mehnat qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. 2023 yil Ozarbayjonda «Haydar Aliyev yili» deb e’lon qilingan edi.