Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Havoning issiqligi jahannamdan darakmi?

Havoning issiqligi jahannamdan darakmi?

Shu kunlarda ob-havoning keskin ko‘tarilib ketishi oqibatida ko‘pchilik o‘zini soya-salqin joylarga, suv havzalari bo‘yiga, tog‘ oldi dam olish maskanlariga uryapti.  

Ma’lumki, zilzila, suv toshqinlari, qattiq shamol esishi, kuchli yomg‘ir, qor va do‘l kabilarning yog‘ishi, momaqaldiroq gumburlashi va chaqmoq chaqishi Alloh taoloning qudratiga, azamatiga dalolat qiluvchi Uning askarlaridandir.

Jazirama issiq havo ham Uning qudratiga dalolat qiluvchi askarlardan biridir. Jazirama issiq haqida hadisi shariflarda ham zikr qilingan.

حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ عَبْدِ اللهِ قَالَ: حَدَّثَنَا سُفْيَانُ قَالَ: حَفِظْنَاهُ مِنَ الزُّهْرِيِّ عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيَّبِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «إِذَا اشْتَدَّ الْحَرُّ فَأَبْرِدُوا بِالصَّلَاةِ، فَإِنَّ شِدَّةَ الْحَرِّ مِنْ فَيْحِ جَهَنَّمَ».

وَاشْتَكَتِ النَّارُ إِلَى رَبِّهَا فَقَالَتْ: يَا رَبِّ، أَكَلَ بَعْضِي بَعْضًا. فَأَذِنَ لَهَا بِنَفَسَيْنِ نَفَسٍ فِي الشِّتَاءِ، وَنَفَسٍ فِي الصَّيْفِ، فَهُوَ أَشَدُّ مَا تَجِدُونَ مِنَ الْحَرِّ، وَأَشَدُّ مَا تَجِدُونَ مِنَ الزَّمْهَرِيرِ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Issiq kuchayganda namozni salqinlatib o‘qinglar, chunki issiqning shiddati jahannam taftidandir», dedilar».

(U zot:) «Do‘zax Robbiga shikoyat qilib: «Robbim, ich-etimni yeb yubordim», dedi. Shunda U Zot do‘zaxga ikki nafasga izn berdi: qishda bir nafasga, yozda bir nafasga. Siz duch keladigan eng qattiq issiq va eng qattiq sovuq ana o‘shandandir», dedilar» (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).

Ushbu hadisi sharifda havoning o‘ta issiqligi jahannam taftidan ekanini ochiq bayon etilyapti. Shu kunlarda issiq havoda yurar ekanmiz, jahannam tafti haqida tafakkur qilib, o‘zimizni o‘nglaylik!

Jahannamning bir marta nafas olishi shunchalik jazirama issiqqa sabab bo‘lsa, uning o‘zining harorati qanday ekan?! Alloh taolo bizni jahannamdan asrasin!

Bu dunyoning issig‘idan soya-salqin joylarga qochib qutularmiz, ammo oxiratdagi issiqdan qayerga qochamiz?!

Shu kunlarda “Allohumma ajirniy min harri jahannam” duosini ko‘proq o‘qiylik!

Ma’nosi: “Ey Alloh, meni jahannam otashidan asragin!”

Alloh taolo barchamizni dunyoda ham, oxiratda ham saodatli bandalaridan aylab, jahannam azobidan asrasin!

Manba: muslim.uz

Kiritildi: 22:45 12.07.2019. O'qildi: 4725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!