Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Hasanboy Do‘stmatovning prof boksdagi debyuti! Unga kim raqiblik qiladi?

Hasanboy Do‘stmatovning prof boksdagi debyuti! Unga kim raqiblik qiladi?

Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatov professional boksda debyut jangini o‘tkazadi.

“Olamsport” ma’lumotiga ko‘ra, Hasanboy 10 noyabr kuni Xitoyda debyut qiladi. Ushbu jangda Do‘stmatovga xitoylik De Bin Jou raqiblik qiladi.

Ta’kidlanishicha, Jou shu kunga qadar prof boksda beshta jang o‘tkazib, ularning uchtasida g‘alaba qozongan. Bitta jangda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, yana bittasida durang qayd etilgan.

Bundan tashqari, Do‘stmatovning prof boksdagi ikkinchi jangi sanasi ham ma’lum — 30 noyabr. Mazkur jang esa Monako (Fransiya) da bo‘ladi. Hozircha ushbu jangda Hasanboyga kim raqib bo‘lishi aniq emas.

Kiritildi: 18:42 23.10.2019. O'qildi: 2110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!