Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Hasanboy Do‘stmatov va Murodjon Ahmadaliyev o‘z o‘rnida, Bektemir Meliqo‘ziyev bir o‘rin pastladi. WBA reytingi yangilandi

Hasanboy Do‘stmatov va Murodjon Ahmadaliyev o‘z o‘rnida, Bektemir Meliqo‘ziyev bir o‘rin pastladi. WBA reytingi yangilandi

Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) iyun oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingni e’lon qildi.

Ushbu reytingdan 8 o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan bo‘lib, ularning 3 nafari o‘z vazn toifalarida 1-o‘rinni egallab turibdi. Isroil Madrimov esa super yarim o‘rta vazn chempioni hisoblanadi.

Iyun oyida yangilangan reyting quyidagicha ko‘rinish oldi:

Hasanboy Do‘stmatov — (minimal vazn) 1-o‘rin (o‘tgan oyda 1-o‘rin);

Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) — o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;

Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn) — 10-o‘rin (o‘tgan oyda ham 10-o‘rin);

Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) — 5-o‘rin (o‘tgan oyda 4-o‘rin edi);

Botir Ahmedov (super yengil vazn) — 13-o‘rin (o‘tgan oy 10-o‘rinda edi);

Shahram G‘iyosov (yarim o‘rta vazn) — o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;

Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) — vazn chempioni;

Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) — 5-o‘rin (o‘tgan oy 4-o‘rinda edi).

Ma’lumot uchun, 3 avgust kuni Terens super yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi, o‘zbekistonlik Isroil Madrimovga qarshi jang qiladi. Ular o‘rtasidagi qarama-qarshilik Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.

Professional boksda mag‘lubiyatsiz harakat qilayotgan Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini 3 avgust kuni Madrimov jang qiladigan arenada o‘tkazishini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 17:41 05.07.2024. O'qildi: 895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!