Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Hasanboy Do‘smatov prof boksda Shahram bilan bir oqshomda jang qiladi

Hasanboy Do‘smatov prof boksda Shahram bilan bir oqshomda jang qiladi

Professional boksning birinchi o‘ta yengil (-48,99 kg) vazn toifasida faoliyatini boshlayotgan Hasanboy Do‘smatov noyabr oyining so‘nggi kunida professional boksdagi debyut jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Do‘smatov 30 noyabr kuni Monako poytaxti Monte-Karlo shahrida joylashgan kazino markazida bo‘lib o‘tadigan boks kechasida ringga ko‘tariladi. E’tiborli tomoni shu kuni Do‘smatov bilan birga super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (9 ta jang, 9 ta g‘alaba, 7 ta nokaut) ham ringga ko‘tariladi.

Hozircha ikkala bokschining ham raqibi kim bo‘lishi ma’lum emas. Avvalroq Do‘smatov birinchi jangidayoq Jahon chempionligi kamari uchun ringga chiqishi mumkinligi xabar berilgandi.

Kiritildi: 17:56 04.10.2019. O'qildi: 3041 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!