G‘arb matbuoti xabar berishicha, diplomatlar va tinch aholini evakuasiya qilayotgan harbiy samolyotlar seshanba kuni ertalabdan Kobul aeroportidan jo‘nay boshlagan. Biroq, Flight Radar veb -sayti ma’lumotlari buni tasdiqlamaydi, deb xabar beradi RIA Novosti muxbiri.
Avvalroq, Pentagon dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 15.35da ish to‘xtatilganidan so‘ng, aeroport birinchi harbiy samolyotni qabul qilganini ma’lum qilgandi.
Kobul aeroportidagi manbaning Reyter agentligiga aytishicha, uchish-qo‘nish yo‘lagi odamlardan tozalangan, harbiy samolyotlar ucha boshladi.
Shu bilan birga, Flight Radar veb-sayti ma’lumotlariga ko‘ra, bu xabarni olgan vaqtda Kobul ustidan havo maydonida hech qanday samolyot yo‘q edi.