Mavjud 194 ta poligondan resursini o‘tab bo‘lganlari yopiladi. Har bir viloyatda 3-4 tadan chiqindi poligoni maxsus eko-sanoat zonasiga aylantiriladi hamda ularda qayta ishlash va yoqish loyihalari amalga oshiriladi.
Qolgan poligonlarda chiqindini vaqtincha to‘plab, qayta yuklaydigan stansiyalar ishga tushadi. Ular eko-sanoat zonasini kafolatlangan chiqindi massasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Mutasaddilarga investor topib, o‘z hududida kamida bittadan chiqindini yoqish zavodi qurish loyihasini boshlash topshirildi.