Facebook bosh direktori ilgari ziddiyatlarga duch kelgan AQSh prezidentligi saylovlarida g‘olib chiqishi mumkin bo‘lgan Jo Bayden haqida ochiqchasiga gapirdi. “Umid qilamanki, biz birgalikda ishlash yo‘llarini qidiramiz va topamiz”, dedi tadbirkor.
Bundan tashqari, Sukerberg Demokrat Bayden AQShning navbatdagi prezidenti bo‘lishini ommaviy ravishda e’lon qildi. U Baydenning saylovda g‘alaba qozonganligini birinchi marta tan oldi. Bungacha biznesmen ushbu mavzuga izoh bermagandi.
«Men uchun saylovlarning natijasi aniq. Bayden bizning keyingi prezidentimiz bo‘lishiga ishonaman. Odamlar saylovlar adolatli o‘tganiga amin bo‘lishlari kerak. Bu gapim Trampga ovoz berganlarga tegishli", – dedi Sukerberg o‘z kompaniyasi xodimlari bilan onlayn uchrashuv paytida.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Bayden The New York Times gazetasiga bergan intervyusida Sukerbergni “haqiqiy muammo” deb atagan edi. Ushbu mavzu bo‘yicha savol biznesmenga onlayn uchrashuv paytida ham berilgandi lekin javob olinmagan.