Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Hamid Olimjon haqida hujjatli filmning premyerasi bo‘lib o‘tdi

A A A
Hamid Olimjon haqida hujjatli filmning premyerasi bo‘lib o‘tdi

Kecha Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “New sight media” studiyasi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda suratga olingan “Ona yurt kuychisi” hujjatli (https://telegra.ph/Hamid-Olimjon-09-24) filmi premyera qilindi.

Kinokartina o‘zbek adabiyotining yorqin vakili Hamid Olimjon hayoti va ijodiga bag‘ishlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan "Xalq yuragi" turkumi ostida tayyorlandi.
Premyeradan avval adib poyiga gulchambar qo‘yildi. Hamda institut talabalari ishtirokida milliy qo‘shiqlar ijro etildi.

“Ona yurt kuychisi” hujjatli filmining ssenariy muallifi Naim Karimov, rejissyor Ibrohim Rasulov, operator Ahmadjon Sodiqov, kompozitor Doniyor Agzamov, rassom Komil Allaberganov.

Kiritildi: 10:27 24.09.2021. O'qildi: 1269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!