Falastinning HAMAS harakati vakili BBC agentligiga bergan intervyusida juma kuni G‘azo sektorida Isroil bergan zarba oqibatida guruh qurolli qanotining qo‘mondoni Izz ad-Din al-Haddad o‘ldirilganini tasdiqladi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va mudofaa vaziri Israel Kas ushbu zarba yuzasidan qo‘shma bayonot e’lon qildi. Unda aytilishicha, Izz ad-Din al-Haddad Isroilning minglab Isroil tinch aholisi harbiy xizmatchilarini o‘ldirish, o‘g‘irlash hamda yaralashda aybdor bo‘lgan.
AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi boshlanganidan keyin Vashingtonning G‘azoda tinchlik o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlari to‘xtab qoldi. Qo‘shma Shtatlar vositachiligida kelishilgan tinchlik rejasining keyingi bosqichlari hozircha amalga oshirilmadi.