Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

HAMAS G‘azo sektorida sulh tuzish uchun yangi taklif kiritganidan keyin Isroil guruh bilan muzokaralarni davom ettirishga rozi bo‘ldi —Reuters

HAMAS G‘azo sektorida sulh tuzish uchun yangi taklif kiritganidan keyin Isroil guruh bilan muzokaralarni davom ettirishga rozi bo‘ldi —Reuters

Isroil razvedka xizmati Mossadning rahbari Devid Barnea kelishuv tafsilotlarini, shu jumladan, HAMAS asirligidagi garovga olinganlarni ozod qilishni muhokama qilish uchun Qatarga bordi, deb aniqlik kiritdi The Times of Israel.

"Kelishuvga erishish uchun imkoniyat bor. HAMAS tomonidan ilgari surilgan taklif juda muhim jihatni o‘z ichiga oladi", — dedi Isroil muzokaralar guruhidagi manba Reuters'ga.

Isroil HAMASdan sulh kelishuvi bo‘yicha navbatdagi taklifni 3 iyul kuni olgan. Bu may oyi oxirida prezident Jo Bayden tomonidan taqdim etilgan AQSh rejasiga javob bo‘ldi. Taklif uch bosqichdan iborat. Birinchisi garovga olingan iroilliklar va falastinlik mahbuslarni almashishni, shuningdek, qisqa muddatli sulhni nazarda tutadi.

Falastin rasmiysi Reuters'ga HAMAS ba’zi nuqtalarda, agar Isroil buni ma’qullasa, qisman kelishuvga erishishga imkon beradigan "moslashuvchanlik namoyish etganini" aytgan.

Kiritildi: 20:18 06.07.2024. O'qildi: 1111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!