Mashhur Toblerone fabrikasi imomlarga musulmonlar uchun shirinliklar ishlab chiqarish jarayonini tekshirishga ruxsat bermoqchi.
Shveysariyaning qadimgi qandolat fabrikalaridan biri Toblerone o‘zining mijozlarini kengaytirishga va diqqatini shirinliksevar musulmonlarga qaratishga qaror qildi. Dunyoga mashhur fabrika endilikda halol shokolad ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi, xabar beradi Fitrat.uz lenews.ch ga tayanib.
Toblerone vakilining so‘zlariga ko‘ra, barcha diniy talablarga amal qilish uchun ishlab chiqarish jarayoniga nazorat qilish uchun muntazam ravishda imomlar kirgiziladi. Bu ishlab chiqarish jarayonida alkogoldan foydalanishning oldini olish uchun muhimdir. Sababi, jihozlarni yuvish uchun ishlatiladigan aksar yuvish moslamalarining tarkibida aynan alkogol bor.
Manba: azon.uz