Kimga nasib etmasa,
Arofat uzra turish,
Tursin Haq hududida,
Shudir Islomni qurish!
Kimga nasib etmasa,
Muzdalifada tunash,
Tunasin toat uzra,
Mana shu asli kurash!
Kimga nasib etmasa,
Minoda jonliq so‘yish,
So‘ysin havoi nafsin,
Bu ham bir qadam qo‘yish!
Kim Ka’baga kelolmay,
Desa: “U juda uzoq”.
Bilsin, Ka’baning Rabbi,
Jon tomirdan yaqinroq.
(Ibn Rajab rohimahulloh, "Latoiful maorif", 633-bet.)