Bugun 22 noyabr, 2019 yil, juma

КИР

Hafta davomida ilk kuzgi ayoz kuzatiladi

Hafta davomida ilk kuzgi ayoz kuzatiladi

Respublikaning katta qismida 3 noyabr, yakshanba kuni ko‘proq oktyabr oyi uchun xos bo‘lgan iliq va ochiq ob-havo kuzatildi. Harorat kunduzi 22—25 daraja iliq bo‘ldi, bu shu kunning me’yoriy ko‘rsatkichlaridan 3—5 darajaga yuqori.

«O‘zgidromet»ning yozishicha, O‘zbekistonning shimoliga Ural hududidan salqin havo oqimi kirib kelishni boshladi. Xorazm viloyati, Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik, Ustyurtda esa birinchi qor yog‘di. Ushbu joylarda harorat 10—15 daraja, Ustyurtda ayrim joylarda 0 darajagacha pasaydi.

Kechasi sovuq oqim respublikaning barcha hududlariga tarqaldi, mamlakat bo‘ylab yomg‘ir yog‘ib, ayrim joylarda jalaga aylanib harorat keskin pasaya boshladi. Bugun yog‘ingarchilik to‘xtaydi, harorat 8—10 darajani, shimolda 3—8 darajani tashkil qiladi.

5 noyabrdan 9 noyabrgacha O‘zbekistonda sovuq antisiklon hukmronlik qiladi, ob-havo kam bulutli bo‘lib yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat kechasi va 5 noyabr kuni tongda Surxondaryo viloyati va Farg‘ona viloyatida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli saqlanib turadi. Kechasi harorat 0—5 daraja iliq atrofida bo‘ladi, 5—7 noyabrda ilk kuzgi ayoz kuzatiladi, kunduzgi harorat 5—7 noyabrda 8—13 daraja, 8—9 noyabrda 10—15 daraja iliq bo‘ladi.

Kiritildi: 19:50 04.11.2019. O'qildi: 1359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!