Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Habib Nurmagomedov Toni Fergyuson bilan jangga qiziqmoqda

Habib Nurmagomedov Toni Fergyuson bilan jangga qiziqmoqda

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov o‘g‘lining amerikalik Toni Fergyuson bilan ehtimoliy jangi haqida fikr bildirdi. Bu haqda "Kun" nashri xabar qilmoqda.  

Katta Nurmagomedovning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li Fergyuson bilan jang qilishga qiziqish bildiryapti. Shuningdek, uning ta’kidlashicha, boshqa bir shogirdi - Islom Maxachyov Toni bilan bellashib ko‘rishi mumkin.

«Fergyuson bilan jang sport nuqtai nazaridan qiziqarli, sababi bu jangchi haqli ravishda o‘z o‘rniga ega. Tonining darajasini uning 11 jangdan iborat g‘alabali seriyasi aks ettiradi.

Biroq, mening fikrimcha, yana bir narsa muhimdir: rossiyalik Islom Maxachyov hattoki bugun amerikalikka qarshi chiqishga tayyor. Ishonchim komilki, Islom uni taslim etadi, chunki hozir juda yaxshi jismoniy holatda», - dedi Abdulmannop Nurmagomedov.

Kiritildi: 15:53 17.11.2018. O'qildi: 1361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!