Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Gvardiola Angliya terma jamoasi haqidagi savolga javob berdi

Gvardiola Angliya terma jamoasi haqidagi savolga javob berdi

Xosep Gvardiola «Manchester Siti»dan ketganidan keyin ta’tilga chiqishga tayyorlanmoqda. Ispaniyalik mutaxassis «shaharliklar» bilan xayrlashgach, terma jamoada ishlash niyati borligini bir necha bor ta’kidlagan edi. Shunga qaramay, 55 yoshli murabbiyning hozircha aniq rejalari yo‘q.

«Kelajak uchun dam olish va farzandlarim bilan boy berilgan vaqtning o‘rnini to‘ldirishdan boshqa hech qanday rejam yo‘q. Yaqin yillardagi rejalar haqida gapiradigan bo‘lsak, biror soniya ham futboldagi ish haqida o‘ylaganim yo‘q. Menga dam olish kerak. Murabbiylik faoliyatimdagi 17-18 yil davomida sodir bo‘lgan voqealarni mushohada qilib olishim lozim. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz», dedi Gvardiola.

The Touchline nashri Pepning ushbu so‘zlarini keltirmoqda. Taxminlarga ko‘ra, Gvardiolaning o‘rnini Enso Mareska egallaydi.

Kiritildi: Bugun 12:28. O'qildi: 238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!