Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Gurbanguli Berdimuhamedov hukumat majlisida shtanga ko‘tarish mahoratini namoyish etdi (video)

Gurbanguli Berdimuhamedov hukumat majlisida shtanga ko‘tarish mahoratini namoyish etdi (video)

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat vazirlar mahkamasining majlisi chog‘ida hukumat a’zolariga o‘zining shtanga ko‘tarish mahoratini namoyish etdi, deb yozadi «Korrespondent.net»ga asoslanib Daryo.uz.

Majlisda 1—10 noyabr kunlari respublikada bo‘lib o‘tadigan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik muhokama qilingan. Yig‘ilishda davlat rahbariga musobaqa ochilish marosimiga taklifnoma va esdalik nishonlari, shuningdek, ramziy shtanga sterjeni topshirildi.

Berdimuhamedov tilla suvi yugurtirilgan grifni boshi uzra dast ko‘tarib, yig‘ilganlarga o‘zining sportga oid mahoratlarini ko‘z-ko‘z qildi, so‘ng sterjenni joyiga qaytarib qo‘ydi.

Davlat rahbarining xatti-harakatlarini hukumat a’zolari gulduros qarsaklar bilan olqishladi.

Kiritildi: 16:02 02.11.2018. O'qildi: 2113 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!