Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Gunohkorni davolovchi tabib

Gunohkorni davolovchi tabib

Solihlarning birlaridan qanday tavba qilganlari haqida so‘raldi. U zot shunday javob berdilar: “Bir kuni gunohlarim, toatlarda kamchilika yo‘l qo‘yganim va o‘limim haqida o‘ylab qoldim. Qarasam, umrim tugab boryapti. Gunohlarim esa, ko‘payib boryapti. O‘limim ham yaqinlashib kelmoqda. Nafsim esa, tavbaga yuzlanmayapti. Ustimda tog‘lar ham ko‘tarolmaydigan balo turganini anglab yetdim. Ahvolim og‘irligini o‘ylab uyimdan chiqdim.

Yo‘lda bir tabibning yonidan o‘tib qoldim. Qarasam, bir to‘p odamlar uni o‘rab olib, dori solingan idishlarni unga uzatib, ularni ichish tartibini (reseptini) so‘rashayotgan ekan. Xullas, ularning yoniga borib to‘xtadim va boyagi tabibdan: “Ey qariya, sizda gunohlarning dorisi bormi?” deb so‘radim. Tabib bir muddat boshini quyi solib turdi-da, keyin boshini ko‘tarib: “Agar osiy Kimga isyon qilayotganini bilganda edi, ma’siyat qilishdan oldin erib ketgan bo‘lardi” dedi. Bu gaplarni eshitib, darhol uyimga qaytdim. Tabibning gapi qalbimga qattiq ta’sir qilgan edi. Mana, hozirgacha mana shu tavbamda sobit turib, Robbimning eshigi ostonasidan jilmadim”.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 10:56 25.11.2019. O'qildi: 1919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!