O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qizlari Gulnora va Lola Karimovaning munosabatlari doim OAV e’tibor markazida bo‘lib kelgan.
Ayni vaqtda Karimovlar oilasining yana bir vakilasi, Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova har qachongidan ham diqqatda turgan shaxs sifatida qolmoqda. Imon ijtimoiy tarmoqlarda faol. Bu unga OAVga chiqish imkonini tug‘diryapti.
U ijtimoiy tarmoqlarning imkoniyatidan foydalangan holda o‘ziga kelib tushayotgan savollarga ham javob beryapti.
Unga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri xolangiz Lola Karimova-Tillyayeva bilan aloqalaringiz bormi, deb savol bergan. Imon Karimova esa bu savolga yozma murojaat ham qilmay, shunchaki, qo‘lini siltab turgan smaylik bilan javob qaytargan.
Taxminimizcha, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Lola Karimova-Tillyayevaning opasi Gulnora Karimova va uning qizi Imon Karimova bilan aloqalari yaxshi emas.
Darvoqe, 2017 yilning 31 avgust kuni Imon Karimova Toshkentdagi Islom Karimov haykali ochilish marosimida ishtirok etib, xolasi bilan bobosi haykali poyiga gul qo‘ygandi.
Manba: qalampir.com