Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi, Gulnora Karimovaning qizi Imon Toshkentdan Londonga uchib ketgani haqida xabar bergan edik.
Imon Karimova Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga Londonga yetib olganini tasdiqlovchi suratni joylashtirdi va “Toshkent” Xalqaro aeroportidan chiqayotib yuz bergan ko‘ngilsizlik haqida yozib qoldirdi.
“Aeroportda meni chalg‘itib, kompyuterim va boshqa texnikalardagi axborotlarni yo‘q qilish uchun yolg‘on janjal chiqarishdi... Endi bu tergov qilishga arzimaydigan narsa. Onam endi uyda. Balki shuning uchun qandaydir muhim narsa izlashgandir. Ahmoqlardek!”, deb yozgan Imon Karimova suratga.
Imon Karimova onasining o‘z uyida ekanini yozgan, biroq boshqa ma’lumotlarni oshkor etmagan.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bor Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manja u bilan uchrashish uchun Toshkentga kelganda, mijozi poytaxdan uch soat uzoqdagi qamoqxonada saqlanayotganini aytgandi.
Manba: qalampir.com