Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Gulistonda "Guliston city" quriladi — Mirziyoyev

Gulistonda "Guliston city" quriladi — Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda qurilish ishlari olib borilishini aytdi.

Xususan, unga ko‘ra Gulistonda "Guliston city" quriladi.

1,5 mingdan ziyod uy-joy kam ta’minlangan oilalarga ajratilib, ularga ipoteka krediti bo‘yicha 60 milliard so‘mlik subsidiyalar beriladi. Jumladan, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan 800 nafar ayollarga subsidiya ajratiladi, 450 nafariga boshlang‘ich badal puli to‘lab beriladi, 120 nafari bepul uy-joy bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, Guliston shahrining eski dehqon bozori o‘rnidagi 42 gektar maydonda “Guliston siti” barpo etiladi. Bu yerda 1 ming 700 xonadonli 16 qavatli turar-joylar, umumta’lim va biznes maktablari, 2 ta bolalar bog‘chasi, zamonaviy klinika, madaniyat markazi va mehmonxona quriladi.

Kelgusi besh yilda markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 82 foizdan – 90 foizga, kanalizasiya qamrovi 14 foizdan – 40 foizga yetkaziladi. Buning uchun 1,8 trillion so‘m evaziga, 428 kilometr ichimlik suv va 57 kilometr kanalizasiya tarmog‘i, 118 ta suv va 7 ta kanalizasiya inshootlari barpo etiladi.

Kiritildi: 12:43 07.10.2021. O'qildi: 2529 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!