Bugun 27 mart, 2026 yil, juma

КИР

Grossi Erondagi "Busher" atom elektr stansiyasiga qilingan zarbalardan xavotirda

Grossi Erondagi "Busher" atom elektr stansiyasiga qilingan zarbalardan xavotirda

Xalqaro Atom Energiyasi Agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi Eronning "Busher" atom elektr stansiyasi yaqinidagi so‘nggi zarbalar yuzasidan xavotir bildirdi, ularning eng so‘nggisi seshanba kuni kechqurun sodir bo‘ldi.

Bu haqda agentlikning ijtimoiy tarmoq sahifasida chop etilgan bayonotda aytilgan.

"Bu ko‘p miqdordagi yadroviy materiallarni o‘z ichiga olgan ishlayotgan atom elektr stansiyasi ekanligini hisobga olgan holda, bosh direktor Grossi inshootga yetkazilgan zarar Eronda va undan tashqarida keng hududga ta’sir ko‘rsatadigan yirik radiologik avariyaga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantiradi", deyiladi bayonotda.

Grossi yadroviy avariya xavfini oldini olish uchun maksimal darajada vazminlikka chaqirig‘ini takrorladi va mojarolar paytida yadroviy xavfsizlikning yetti ustuniga rioya qilish muhimligini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 09:10. O'qildi: 379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!