Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Grippga qarshi emlash koronavirusdan himoya qiladimi?

Grippga qarshi emlash koronavirusdan himoya qiladimi?

Grippga qarshi emlash koronovirusdan himoya qiladimi? Uni olish shartmi?  Bu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova javob berdi. 

"COVID-19 gripp mavsumida, ya’ni kuz-qish faslida xavfliroq bo‘ladi, shuning uchun grippga qarshi vaksina qabul qilish hozirgi davrda har qachongidan ham muhimroq.  

Bu majburiy vaksinasiya emas, lekin biz uni olishni tavsiya etamiz. Kuz-qish faslida respirator infeksiyalar ko‘p uchraydi. Bu esa immun tizimi pasayishiga sabab bo‘ladi hamda bemor ushbu davrda koronovirus infeksiyasini yuqtirsa og‘ir kechishi mumkin. 

Shuning uchun ushbu faslda yanayam salomatligimizga e’tiborli bo‘lishimiz zarur.

COVID-19 va gripp o‘zaro o‘xshash belgilarga ega bo‘lib, yoshi katta insonlar hamda yurak va o‘pka xastaliklari kabi surunkali kasalliklarga chalinganlar uchun qattiq ta’sir qilishi mumkin.

Grippga qarshi emlash darajasini ko‘payishi ushbu fasllarda aholi orasida nafas yo‘li kasalliklarini kamaytirishi mumkin, shuningdek, COVID-19 pandemiyasi paytida sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘layotgan zo‘riqishni kamaytiradi. 

Grippga qarshi vaksina odamlarni Covid-19dan himoya qilmaydi, u grippni rivojlanish xavfini kamaytiradi, shuningdek, gripp bilan bog‘liq asoratlar, jumladan kasalxonaga joylashtirilish va hatto o‘lim xavfini kamaytiradi", – deb javob berdi u. 

Kiritildi: 14:05 17.09.2020. O'qildi: 2439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!