Egey dengizidagi Gresiyaning Sifnos orolida kichik xususiy vertolyot halokatga uchradi, natijada bortdagi uch kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Ekathimerini nashri xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot yerga urilgandan keyin yonib ketgan. Mahalliy o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishdi.
Vertolyot Tolos hududidagi aerodromdan uchib ketganidan ko‘p o‘tmay aholi punktiga quladi. Uchuvchi va ikki yo‘lovchining shaxsi hali aniqlanmagan.
Avariya sababi tergov qilinmoqda.