Gresiyada Germaniyadan Ikkinchi jahon urushi davrida yetkazilgan zarar uchun reparasiya to‘lash talabi yana ilgari surildi.
"Bizning talablarimiz hamon kuchda, qonuniy va ularning da’vo muddati yo‘q", — dedi mamlakat prezidenti Konstantinos Tasulas Lingiades qishlog‘ida o‘tkazilgan xotira tadbirlarida. Bu haqda DPA xabar berdi.
Qayd etilishicha, hisoblash usuliga qarab, talab qilinayotgan umumiy summa 278 milliard yevrodan 341 milliard yevrogacha bo‘lishi mumkin.
Ushbu mablag‘ga urush davrida yetkazilgan zarar uchun kompensasiya hamda Gresiyadan majburan olingan qarzni qaytarish talabi ham kiradi.