Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Gresiya AQShga harbiy bazalar bo‘yicha taklif bilan chiqdi

Gresiya AQShga harbiy bazalar bo‘yicha taklif bilan chiqdi

Gresiya Amerika Qo‘shma Shtatlariga mamlakatda yangi Amerika bazalarini barpo etish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda Kathimerini xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Gresiyaning Aleksandrupolis, Larissa i Volosida AQShga qarashli qo‘shimcha bazalarni joylashtirish taklifi Pentagon rahbari Jeyms Mettis tomonidan qabul qilib olingan.

Gresiya mudofaa vaziri Panos Kammenosning so‘zlariga ko‘ra, Afina Vashingtonni yagona strategik sherik va ittifoqdosh sifatida ko‘radi.

«Gresiya uchun Amerika Qo‘shma Shtatlari nafaqat Sud ko‘rfazida, balki Volos, Larissa va Aleksandrupolisda ham doimiy ravishda mamlakatdagi qurolli kuchlarni rivojlantirishlari muhim», - deya ma’lum qildi Kammenos.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha AQSh harbiy bazasi uchun «milliardlab dollar» to‘lashga tayyorligi xabar qilingandi.

Manba: kun. uz

Kiritildi: 15:22 11.10.2018. O'qildi: 1167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!