AQSh federal sudi Davlat departamentiga kechiktirilgan DV-2027 Green Card lotereyasini o‘tkazish majburiyatini yukladi.
📌 Sud qaroriga ko‘ra, arizalar qabuli 1 noyabrdan kechiktirmay boshlanishi va 30 kun davom etishi, g‘oliblar esa 3 dekabrgacha e’lon qilinishi belgilangan.
Bu yil ishtirokchilardan 1 dollar to‘lov va amal qilish muddati tugamagan xorijga chiqish pasportining elektron nusxasi talab qilinishi aytilmoqda.
Ariza topshirishning aniq sanasi va tartibi AQSh Davlat departamenti tomonidan rasman e’lon qilinadi.