Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Grand Mir qarshisidagi soatli minora olib tashlanmoqda

A A A
Grand Mir qarshisidagi soatli minora olib tashlanmoqda

Toshkentdagi Mirobod va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasidagi (Grand Mir mehmonxonasi qarshisida) soatli minora olib tashlanadi, deya xabar qildi poytaxt hokimiyati matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Minoraning o‘rnatilishi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilardan biri Toshkent minorasining Amerikaning Somervill shahridagi «Eslash vaqti» yodgorligi (poydevoriga okrugning 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlarda halok bo‘lgan 39 nafar aholisi ism-shariflari yozilgan soatli minora) bilan o‘xshash ekaniga e’tibor qaratdi. Toshkentdagi minorada ham «Time to remember» yozuvining borligi ob’ekt dizayni ko‘chirilganiga shubha qoldirmaydi.

«So‘nggi vaqtlarda shaharning ommaviy joylarida metaldan bezaklar paydo bo‘la boshladi. Mazkur konstruksiyalarning aksariyati ijtimoiy tarmoqlarda ijobiy qabul qilinmoqda, biroq ulardan biri bahsli bo‘lib chiqdi va u  Toshkent hokimi v. b. Jahongir Ortiqxo‘jayev topshirig‘i bilan tezkorlik bilan olib tashlanmoqda», — deyiladi hokimiyat xabarida.

Toshkent hokimiyati huzuridagi jamoatchilik kengashi ham poytaxtda yangi art-ob’ektlarning paydo bo‘layotganiga izoh berib, kengash ularning tanlanishi va o‘rnatilishiga hech qanday aloqador emasligi ta’kidlab o‘tildi.

 

Kiritildi: 14:39 24.07.2018. O'qildi: 1380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik