Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Gorbachyov SSSR parchalanishida kim aybdorligini aytdi

A A A
Gorbachyov SSSR parchalanishida kim aybdorligini aytdi

SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov Sovet Ittifiqi parchalanishida avgust oyidagi davlat to‘ntarishi tashkilotchilari aybdor ekanini ma’lum qildi.

“Qayta qurish oxiri va Sovet Ittifoqi parchalanishi uchun 1991 yil avgust oyida davlat to‘ntarishini tashkil etgan, to‘ntarishdan so‘ng SSSR prezidentining zaiflashgan pozisiyasidan foydalanganlar javobgarlar”, - deya ma’lum qildi Gorbachyov Germaniyaning Der Spiegel jurnaliga bergan intervyusida.

U qayta qurishning ehtimoliy xatarlarnini anglaganini, ammo mamlakat rahbariyati o‘zgarishlar zarurligini tushunganini qo‘shimcha qilgan.

 “Avvalgidek yashashning iloji yo‘q edi. Qayta qurishning muhim qismi ham umuminsoniy qadriyatlar va yadroviy qurolsizlanish, ham tanlov erkinligini qamrab olgan yangi tashqi siyosat edi”, - deya tushuntirgan so‘nggi sovet yetakchisi.

Gorbachyov qayta qurishdan afsuslanmasligi, lekin islohotlar yo‘lida xatolar va kamchiliklar bo‘lganini tan olishini ta’kidlagan. Shuningdek, u Rossiya totalitar tuzumga hech qachon qaytmasligi haqida fikr bildirgan.

Kiritildi: 06:50 11.11.2019. O'qildi: 12880 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!