Jarima Irlandiyaning Ma’lumotlarni himoya qilish komissiyasi (DPC) tomonidan Google’ga nisbatan qo‘llandi. Kompaniya foydalanuvchilarning joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlashda Yevropa Ittifoqining GDPR qoidalarini buzganlikda ayblangan.
Komissiya ma’lum qilishicha, foydalanuvchilar o‘z joylashuv ma’lumotlari maqsadli reklama uchun yoki Google algoritmlarini ularning qiziqishlariga moslashtirishda ishlatilishi mumkinligini to‘liq bilmagan bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, Google ayrim joylashuv ma’lumotlarini zarur bo‘lganidan uzoqroq saqlagani qayd etilgan.
Qoidabuzarliklar 2018 yil mayidan 2020 yil fevraligacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. DPC kompaniyaga o‘z faoliyatini Yevropa standartlariga moslashtirish uchun olti oy muhlat berdi.
Bu DPC tomonidan Google’ga nisbatan qo‘llangan eng yirik jarimalardan biri bo‘ldi. Ayni paytda kompaniya faoliyati bo‘yicha yana uchta tekshiruv davom etmoqda.