Jahondagi eng mashhur internet-brauzerlardan biri — Google Chrome yaqinda tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.
Aytilishicha, brauzerning yangilangan versiyasi taqdimoti 4 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
«Brauzerning tashqi ko‘rinishi barcha platformalarda o‘zgaradi, bu Chrome 69 yangilanishi doirasida bo‘lib o‘tadi. Kompyuterlardagi yangi dizaynda oq tonlar ko‘proq bo‘ladi», — deb yangiliklarga izoh berdi Google vakillari.
Manba: daryo.uz