Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

“GM-Uzbekiston”ning soxta kadr xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

“GM-Uzbekiston”ning soxta kadr xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijon viloyati. Asaka tumani Qadriyat mahallasida yashovchi 29 yoshli YA.Akmalbek fuqarolar 49 yoshli SH.Nazirjon, 54 yoshli X.Solijon, 45 yoshli S.Furqat, 41 yoshli S.Sherzod va boshqalarga o‘zini “UzAutoMotors” AJning kadrlar bo‘limi boshlig‘i deb tanishtirib, go‘yoki ularni va qarindoshlarini “GM-Uzbekiston” avtomobil zavodiga haydovchilikka ishga kiritib qo‘yishi va imtiyozli to‘lovlar asosida avtomashina olib berishini va’da qilib, 2020 yil may oyidan iyun oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida ushbu fuqarolardan jami 21 100 AQSh dollar va 760 000 so‘m pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan olib, shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan YA.Akmalbekka nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida, YA.Akmalbek hech qayerda ishlamasligi aniqlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.  

Kiritildi: 15:23 22.04.2021. O'qildi: 2307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!