Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

“GM Uzbekistan” “Matiz” ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda

“GM Uzbekistan” “Matiz” ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda

2018 yilning iyul oyidan e’tiboran “GM Uzbekistan” AJ ishlab chiqarish quvvatlarida “Matiz” rusumli avtomobillarni yig‘ish yakunlanadi, deb yozadi "uznews.uz".

Ushbu karor modellar qatorini yangilash borasidagi strategiyasiga muvofiq xamda ushbu avtomobilning texnik eskirganligini inobatgan olgan xolda qabul qilindi.

Shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarga arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatildi.

“GM Uzbekistan” iste’molchilar oldida o‘zining majburiyatlarini bajarilishini va avtomobillarni tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z vaqtida va to‘laligicha yetkazib berilishini aloxida ta’kidlaydi.

Eslatib utamiz, Matiz avtomobili Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilishi o‘zlashtirilgan to‘rtinchi model bo‘lib, 2001 yil avgust oyidan yig‘ila boshlangan. 2004 yil dekabr oyida dvigatel xajmi 1 l bo‘lgan “Matiz Best” xamda avtomatik uzatma qutili modifikasiyalari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Matiz avtomobillari kichik xajmli avtomobillar sinfiga tegishli bo‘lib, ushbu sinfdagi avtombillarga bo‘lgan extiyoj “Spark” avtomobillarini ishlab chiqarish xajmlarini kengaytirish orqali qoplanadi.

Kiritildi: 09:08 31.05.2018. O'qildi: 2159 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!