Iqlimshunoslar prognoziga ko‘ra, bunga El-Ninyo iqlim hodisasining eng yuqori faollik bosqichi sabab bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, aynan shu omil tufayli joriy yilning may oyi okean yuzasi harorati kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan.
Prognozlarga ko‘ra, El-Ninyo'ning eng kuchli bosqichi joriy yil dekabriga to‘g‘ri keladi va uning ta’siri 2027 yilda global harorat rekordiga olib kelishi mumkin.
Ma’lumot uchun, El-Ninyo — Tinch okeanining markaziy va sharqiy qismida suv haroratining me’yordan ortishi bilan bog‘liq tabiiy iqlim hodisasi bo‘lib, u dunyoning ko‘plab hududlarida havo harorati va yog‘in miqdoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.