Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Giyohfurushga jinoyat ishi ochildi

Giyohfurushga jinoyat ishi ochildi

Jarqo‘rg‘on tumanida 2020 yilning 20 iyun kuni taxminan soat 18:00 lar chamasida, tuman Ichki ishlar bo‘limi Jinoyat qidiruv bo‘limi va Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, tumanning “Loyqand” mahallasida yashovchi X.X.ning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari tekshirilganda 5 tup “Nasha” giyohvandlik o‘simligi ekib parvarishlab kelayotganligi va uyidan 82 dona gugurt qutisiga qadoqlangan 440,6 gramm “Marixuna” hamda 1 dona baklashkada 108,2 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan 22 iyun kuni X.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi “b” bandi va 276-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Kiritildi: 22:12 23.06.2020. O'qildi: 1525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!