Bugungi kunda Long-Aylenda yashovchi to‘rt erkak Gitlerning oxirgi avlodlari hisoblanadi. Bu Gitlerlar 1946 yildayoq o‘z familiyalarini o‘zgartirib yuborishgani uchun deyarli hech kim ularning bu yerda istiqomat qilishlarini bilishmaydi.
Ikki aka-uka Brayan va Lyuis — jurnalist bilan muloqot qilishdan bosh tortishgan. Uchinchisi, Aleksandr esa nemis va Amerika rahbarlarining siyosati haqidagi qisqacha savollarga javob berdi.
"Men Angela Merkelni yaxshi ko‘raman. U yaxshi. U aqlli va o‘qimishli bo‘lib tuyuladi", — deya ta’kidladi Gitlerning nevarasi. Uning so‘zlariga ko‘ra, migrasiya siyosati sohasida Merkel "nima qilish kerakligini juda yaxshi biladi".
Aleksandrda AQSh prezidentiga bo‘lgan munosabat butunlay teskarisi. "U, albatta, mening sevimli insonlarim ro‘yxatida emas," deydi u.
"Trampning gapirayotgan gaplari umuman olib qaraganda to‘g‘ri. Lekin ko‘pincha menga uning o‘zini tutishi yoqmaydi. Bundan tashqari, yolg‘onchilarni ham jinim suymaydi", deya qo‘shimcha qildi Aleksandr.