Adolf Gitlerni so‘nggi bor ko‘rgan insonlardan biri bu uning shaxsiy oshpazi Konstansiya Mansiarl bo‘lgan. Gitlerga yaqin bo‘lgan bir necha kishilar va oshpaz ham uning o‘limidan so‘ng Berlin yaqinidagi yer osti bunkeriga kirib ketayotganini ko‘rishgan.
Bir necha kun avval tarixchilar Konstansiyaning o‘limidan so‘ng opasiga tegishli 13 ta xat topib olishgan. Bu xat esa «Zeit-Raum-Innsbursk» gazetasida chop etilgan edi.
Mansiarl Gitler uchun 1944 yilning o‘rtalaridan boshlab taom tayyorlay boshlagan. Gitler oshqozon og‘rig‘i tufayli unchalik ovqatni xush ko‘rmas edi. U o‘limidan bir necha soat oldin qaynatilgan kartoshka, sir, tuxum, makaron hamda turli xil pishiriqlarni yegan. Gitler yer osti bunkerida o‘zini o‘ldirmasidan oldin Mansiarl unga tushlik uchun sousli spagetti tayyorlab qo‘ygan edi. Bu ovqatni tayyorlash vaqtida u hatto uni o‘lganini ham bilmagan. Uning o‘limidan so‘ng esa uni qaytib hech kim ko‘rmagan.