Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

G‘irt yolg‘on: Trampning koronavirus haqidagi videosi Facebook'dan o‘chirildi

G‘irt yolg‘on: Trampning koronavirus haqidagi videosi Facebook'dan o‘chirildi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i AQSh prezidenti Donald Trampning sahifasidan koronavirus haqida yolg‘on ma’lumotlar aytilgan videoni o‘chirib tashladi, deya xabar beradi NBC News.

Kanalga ko‘ra, videoda Trampning Fox News uchun intervyusidan parcha aks etgan bo‘lib, unda Amerika rahbari bolalar "amalda COVID-19dan immunitetga ega" deb ta’kidlagan. Bu Trampning Facebook'dan birinchi bor "o‘chirilishi"dir.

Ijtimoiy tarmoq vakilining so‘zlariga ko‘ra, videoda "bir guruh shaxslar COVID-19 dan sug‘urtalanganligi to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlar mavjud". Bu kompaniyaning koronavirus haqidagi zararli ma’lumotlarga nisbatan siyosatining buzilishidir.

Avvalroq, Facebook COVID-19 haqidagi yolg‘on ma’lumotlarning tarqalishiga qarshi kurashishi va yolg‘on ma’lumotlar o‘chirilishi haqida ogohlantirgandi.

Kiritildi: 06:16 06.08.2020. O'qildi: 1998 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!